O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018 yilda Namangan sog‘liqni saqlash muassasalariga 534 milliard so‘m ajratildi

2018-03-06 | Sog‘liqni saqlash

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy yilda davlat byudjetidan 534 milliard 196 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 95 milliard so‘m yoki 22 foiz ko‘pdir.

Dori-darmon va tibbiy buyumlar xarid qilish xarajatlariga byudjetdan 46 milliard 926 million so‘m ajratildi. Shundan qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oila poliklinikalariga biriktirilgan har bir fuqaro hisobiga dori-darmon vositalari uchun 3 ming 135 so‘mdan xarajat ko‘zda tutilgan. Tibbiyot birlashmalarida bir o‘ringa kuniga 8 ming 544 so‘mdan, tez tibbiy yordam xizmatiga har bir tibbiy chaqiruvga 5 ming so‘mdan ajratilgani ijtimoiy siyosatning ustuvorligidan dalolat beradi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘tgan yil ambulator poliklinikalarga biriktirilgan har bir fuqaro uchun dori-darmon xarajatlariga me’yor o‘rtacha 1 ming 500 so‘m edi, joriy yilda 3 ming 115 so‘m, tez tibbiy yordam muassasalariga o‘tgan yili dori-darmon xarajatlariga har bir tibbiy chaqiruv uchun me’yor o‘rtacha 1 ming 800 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda 5000 so‘m ajratilgan.

Bundan tashqari, manzilli dastur asosida shahar va tumanlarda skrining xonalari va namunali tug‘ruq bo‘limlarini tashkil etish belgilangan bo‘lib, bu maqsadga byudjetdan qariyb 12,4 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Namangan viloyati Uychi tumani tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘quv-seminarda shular haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining tibbiyot muassasalariga ajratilgan byudjet mablag‘larini xarajatlar turi bo‘yicha belgilangan me’yorlarda teng ulushlarda rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasa va markazlari, markaziy poliklinikalar, shahar, tuman birlashmalari rahbarlari va bosh hisobchilari, viloyat moliya bosh boshqarmasi rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.

Поделиться