O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimiz tibbiyot tarixida birinchi marta jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

2018-02-14 | Sog‘liqni saqlash

O‘tgan yildan boshlab Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazida yaqin qarindoshlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda, kuni kecha esa markazda mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinchi marta bemorga tirik donor qarindoshdan jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Operatsiya Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazi direktori, akademik Feruz Nazirov va Rossiyaning Akademik V.I.Shumakov nomli Transplantologiya va sun’iy a’zolar Milliy tibbiy tadqiqot markazi direktori, akademik Sergey Gote rahbarligida o‘tgan. 
 
O‘tgan 2017-yil mamlakatimiz tibbiyoti uchun muhim burilishlar yasalgan yil sifatida tarixga kirdi. Birlamchi tibbiyot tizimi, shoshilinch tibbiy yordam, xususiy sektor, dori-darmon ta’minoti hamda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat yo‘lida yirik islohotlar amalga oshirildi. Shunday yangiliklardan biri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va bevosita topshirig‘i bilan mamlakatimiz tibbiyoti tarixida ilk bor organlar transplantatsiyasi bo‘yicha zamonaviy operatsiyalarni amalga oshirish boshlangani bo‘ldi. Hozirda soha faoliyatining huquqiy asosi mustahkamlanmoqda. 
 
Xabarda ta’kidlanishicha, ayni damda ushbu faoliyat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi “Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori bilan tartibga solingan.ф

Поделиться