O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda xalqaro mutaxassislar ishtirokida «Inson va salomatlik» V respublika kongressi bo‘lib o‘tmoqda

2018-04-04 | Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz hamda xorijlik tibbiyot sohasining malakali mutaxassislari, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari olimlari, shifokorlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. 

– An’anaviy tus olgan mazkur tadbir avvalgilari kabi mahalliy tibbiyotimiz hayotida muhim voqea bo‘lishiga shubham yo‘q, – dedi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori H.Oqilov. – Boshlangan kongress doirasidagi o‘zaro kasbiy muloqot tibbiyot xodimlari va farmatsevtlarga hozirgacha aniq javobi yo‘q bo‘lgan savollarni muhokama qilish, balki ularga javob ham topishga yordam beradi. Olimlar va amaliyotchi vrachlar o‘rtasida fikr va tajriba almashish tibbiyotning ko‘plab dolzarb muammolariga yechim topadi, degan umiddaman. 

Kongress ish rejasiga ko‘ra ko‘ra, ikki kun davom etadigan seminarlarda kardiologiya, nevrologiya, pediatriya, pulmonologiya bo‘yicha ilmiy jamiyatlarning yangi klinik tavsiyalari ko‘rib chiqilib, ishtirokchilar klinik endokrinologiya va gastroenterologiya sohasidagi so‘ngi yutuqlar bilan tanishtiriladi. 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur tadbir terapevtika sohasidagi vrachlarning o‘zaro bilim almashishlariga imkon yaratmoqda. 

Tadbir doirasida milliy va xalqaro kompaniyalar mahsulotlari namoyish qilinmoqda. 

 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Поделиться