O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda xorijlik shifokorlar 100 dan ortiq jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi

2018-03-13 | Sog‘liqni saqlash

Buxoro shahridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Janubiy Koreyaning “Vision Care” xalqaro tashkiloti shifokorlari tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.

– Bizni yurtingizda, jumladan, Buxoroda ham yaxshi bilishadi, – deydi koreyalik oftalmolog jarroh Kim Dong Xe. – To‘rt yildan buyon ko‘z kasalliklarini davolash borasida amaliy hamkorlik qilib kelamiz. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini amaliy ishlarda ko‘rib, his qilib turibmiz. Xayriya aksiyamiz o‘tkazilayotgan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik amaliyotini bajarishda yaxshi qulayliklarga ega. Tashkiliy ishlar ham joyida. Bular esa davolash samaradorligiga erishishda muhim omildir. Qolaversa, o‘z ishini yaxshi biladigan o‘zbek hamkasblarimiz bilan birga ishlash ham yoqimli.

Dastlabki ikki kunda xorijlik shifokorlar 400 dan ziyod bemorni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, kataraktani bartaraf etish va ko‘z gavharini almashtirish bo‘yicha 53 jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi.

– Bir ko‘zim juda xiralashib, kitob o‘qishda ham qiynalib qolgan edim, – deydi G‘ijduvon tumanilik Ra’no Latipova. – Davolash muolajalari naf bermadi. Tumanimizdagi do‘xtirlar operatsiya qilish zarurligini aytdi. Shu orada koreyalik shifokorlar kelishini eshitib, bu yerga keldim. Kecha ko‘z gavharini almashtirishdi, bugun esa hamma narsani ravshan ko‘rayapman. Albatta, dunyo ko‘zingga yorug‘ ko‘rinsa, xursand bo‘lasan, kishi. Qo‘li yengil shifokorlarga ming rahmat!

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va uning Janubiy Koreyadagi hamkor tashkiloti o‘rtasida imzolangan kelishuv memorandumiga ko‘ra, 15 martga qadar davom etadigan aksiyada viloyatning barcha hududlaridan ijtimoiy yordamga muhtoj 800 ga yaqin bemor eng zamonaviy apparatlar yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 100 dan ortiq ehtiyojmandlardagi katarakta bartaraf etilib, ko‘z gavhari almashtiriladi.

Shuningdek, mijozlarga tegishli dori-darmon vositalari bepul tarqatilib, ko‘z kasalliklarini oldini olish bo‘yicha malakali maslahat va tavsiyalar berilmoqda.

 

Erkin Yodgorov, O‘zA muxbiri

Поделиться