O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
5 milliard so‘mlik loyiha ishga tushdi
2018-02-28 | Sog‘liqni saqlash
Navoiy shahrida “Navmed” ko‘p tarmoqli diagnostika markazi ish boshladi.
“Tibfarmmahsulot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan iborat bo‘lib, muassasaga Xitoy, Janubiy Koreya, Vengriya davlatlaridan tibbiy uskunalar keltirilib, o‘rnatildi.
– Bu yerda so‘nggi rusumdagi MRT, UTT, EKG uskunalari yordamida laboratoriya, nevrologiya, kardiologiya tekshiruvlari o‘tkaziladi, – deydi markaz bosh shifokori B.Rahmonov. – Klinikamiz bir kunda 100 nafar bemorni tekshiruvdan o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Muassasada bugungi kunda 12 nafar malakali xodim aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.