O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Quyi Chirchiqda velopatronaj xizmati ish boshladi

2018-02-15 | Sog‘liqni saqlash

Tibbiy patronaj xizmati nafaqat tibbiy-profilaktika yordami, balki aholining sog‘lom hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qiladigan ko‘plab omillarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun velopatronaj xizmatini yo‘lga qo‘ydi. 

Hududdagi patronaj hamshiralar ishi samaradorligini oshirish, ularning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida tibbiyot muassasalariga tuman hokimligi tomonidan 22 velosiped taqdim etildi. Ayni paytda tuman tibbiyot birlashmasidagi 81 patronaj hamshirasi 104 ming 248 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. 

Sohada ro‘y berayotgan bunday yangiliklar tibbiy patronaj tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishga mo‘ljallangan. Bu esa kasalliklarning o‘z vaqtida oldini olish, ayniqsa, onalik va bolalikni tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

Abdulaziz Musayev, O‘zA

Поделиться