O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qishloqda murakkab jarrohlik amaliyoti
2018-03-17 | Sog‘liqni saqlash
Guliston tumani markaziy shifoxonasida birinchi marta exinokokkektomiya – insonning jigar a’zosidan parazitar qurtlarni olish, buyrak va o‘pka a’zolaridan kista olish amaliyoti bajarildi.
Murakkab jarrohlik amaliyotini tuman shifoxonasining 1-toifali shifokori Alisher Erkaboyev hamda 2-toifali aka-uka shifokorlar Akmal va Farhod Abduraimovlar amalga oshirdi.
Qishloq shifoxonasida murakkab jarrohlik amaliyoti tufayli salomatligi tiklangan bemorlar shifokorlardan minnatdor.
Abdujalol Qayumov, O‘zA