O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda ilk bor: Namangandagi shifoxonaga noyob kardio-ultratovush tekshirish apparati keltiriladi

2018-03-12 | Sog‘liqni saqlash

Tadbirkor Nosirbek Abdullaxonov tomonidan Namangan shahrida tashkil etilgan “ANAMED” diagnostika markazi ish boshlaganiga bir yil bo‘ldi.

– Uch-to‘rt yil oldin umurtqam shikastlanib, Moskvada davolanishga to‘g‘ri keldi, – deydi Nosirbek Abdullaxonov. – Shunda “Shu muolajalarni nega o‘zimizda o‘tkazish mumkin emas? Qachongacha yurtdoshlarimiz uzoqlarga borib davolanadi? Axir, hozir tibbiyot sohasida ham xususiy sektorga keng imkoniyatlar yaratilmoqda-ku!" degan fikr miyamga o‘rnashib qoldi. O‘sha yerda o‘zim davolanayotgan shifoxonadagi mutaxassislar bilan maslahatlashdim... Xullas, fikr g‘oyaga, g‘oya loyihaga aylanib, Moskvadan Namanganda xususiy klinika ochish maqsadi bilan qaytdim.

N.Abdullaxonov 2014 yilda neyrojarrohlik yo‘nalishida xususiy diagnostika markazi tashkil qilish harakatini boshladi. Uning tashabbusi viloyat hokimligi va sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Namangan shahri markazidan qurilish uchun yer maydoni ajratildi. Ikki yil davom etgan bunyodkorlik ishlari natijasida zamonaviy arxitektura, eng asosiysi, bugungi davr tibbiyot muassasalariga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradigan to‘rt qavatli muhtasham bino qad rostladi.

Markaz o‘z faoliyatini boshlagandan buyon ikki mingdan ziyod bemorga xizmat ko‘rsatdi. Olis qishloqlardan, boshqa viloyatlardan keladigan yurtdoshlarimiz ko‘p vaqt yo‘qotmasliklari, ikki-uch kunlab sarson bo‘lib yurmasliklari uchun telefon orqali oldindan navbat olib qo‘yish tartibi joriy qilingan. Shuningdek, keksalar va nogironlar birinchi navbatda qabul qilinadi.

– Hozir qorin bo‘shlig‘idagi xastaliklarda laparoskopik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish borasida izlanish olib borayapmiz, – deydi diagnostika markazi bosh shifokori Erkin Mirhidoyatov. – Buning uchun bizda barcha imkoniyat bor.

Tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Asosan kompyuterlashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiyot apparaturalari bilan ishlay oladigan mutaxassis bo‘lmasa, UZI, MRT kabi boshqa barcha uskunalar ham kutilgan natijani bermaydi. Xo‘sh, mazkur diagnostika markazida bu masalaga e’tibor qanday?

– Kadrlar malakasini oshirish, ilmiy-amaliy hamkorlik bo‘yicha Qozon shahrining mintaqalararo klinik diagnostika markazi bilan memorandum imzoladik, – deydi N.Abdullaxonov. – Shifokorimiz Botir Yunusov u yerda malaka oshirish kursini o‘tab keldi va o‘zlashtirgan bilim va mahoratini hozir o‘zimizning shifokorlar bilan o‘rtoqlashmoqda. Shuningdek, ayni kunlarda rossiyalik mutaxassislar bilan yuz, bosh chanoq suyaklari implantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish borasida ish olib borayapmiz. Bu mavzuda aprel oyida Rossiya Federatsiyasi orqa miya neyrojarrohlar assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Baskov rahbarligidagi guruh ishtirokida seminar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bugun 30 kishi, jumladan, 4 nafar oliy toifali shifokor ish bilan ta’minlangan “ANAMED” diagnostika markazida loyihaning navbatdagi bosqichidagi ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda. Ayni paytda 40 o‘rinli statsionar va fizioterapiya bo‘limi qurilishi yakuniga yetkazilayotir. Bu yerga Angliyaning BTL kompaniyasida ishlab chiqarilgan lazer uskunalari, mamlakatimizda hozircha birorta tibbiy muassasada yo‘q Simens kardio-ultratovush tekshirish apparati kabi yangi tibbiyot texnika vositalarini keltirish rejalashtirilgan.

 

Akromjon Sattorov, O‘zA muxbiri

Поделиться