O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida kimlar bepul davolansa bo‘ladi
2018-02-13 | Sog‘liqni saqlash
Prezidentning 2003 yil 26 fevraldagi farmoni bilan barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati tasdiqlangan.
Buning uchun Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat byudjeti mablag’lari hisobiga davolash qiymatini to’lash to’g’risidagi nizomga asosan sog’liqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan tegishli yo’llanma (order) olinishi lozim.
Orderlar sog’liqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi vrach-tanlash komissiyasining xulosasi asosida beriladi.
Komissiya faqat quyidagi tibbiy hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda bemorlarning imtiyozli toifasini bepul davolashga orderlar berish to’g’risidagi masalani ko’rib chiqadi:
tibbiy yordam berishning birlamchi muassasasining yo’llanmasi asosida viloyat (respublika, shahar) davolash-profilaktika muassasasi tomonidan berilgan mazkur bemorning Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazida davolanishi maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi xulosa;
bemorning ahvoli to’g’risidagi tibbiy xulosa (bemorning F.I.O., tashxis, bir oydan ortiq bo’lmagan muddatda olingan laboratoriya va instrumental tekshirish natijalari);
imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat (pensiya daftarchasi, nogiron guvohnomasi, o’zini o’zi boshqarish organining ma’lumotnomasi).