O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda onkologik dori vositalari va gemodializ uchun buyumlar ishlab chiqariladi

2018-07-27 | Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov bilan “Belfarmprom” xolding kompaniyasi bosh direktori Valeriy Shevchuk va Belarus Respublikasining nufuzli farmatsevt mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shunday kelishuvga erishildi.

Ma’lumki, onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammolardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda ham 100 mingdan ortiq bemor onkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turadi. Bunday bemorlarga samarali tibbiy yordam ko‘rsatishda zamonaviy tibbiy preparatlarning o‘rni beqiyos.

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Belfarmprom” xolding kompaniyasi bilan hamkorligi ana shunday dolzarb tibbiy-ijtimoiy masalalarni samarali hal etish, inson salomatligini asrash va tibbiyot rivoji yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Aytish joizki, “Belfarmprom” jahon farmatsevtika sanoatida yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, bugungi kunda mazkur xolding kompaniya tarkibidagi korxonalar o‘z mahsulotini dunyoning o‘ttizdan ziyod davlatiga eksport qilmoqda. Endilikda mazkur kompaniya bilan hamkorlikda yurtimizda onkologiyada qo‘llaniladigan zamonaviy tibbiy preparatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etishga kelishildi. O‘zaro muloqotlarda belaruslik mutaxassislar mamlakatimiz qimmatli tabiiy xomashyo bazasiga boyligi hamda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgani xorijiy investorlar uchun juda katta qulaylik yaratishini ta’kidladilar.

Yana bir muhim loyiha – gemodializ buyumlari va sarflash materiallari ishlab chiqarish borasidagi kelishuv bo‘ldi. Gemodializ – buyrak vazifasini bajaruvchi davo muolajasi bo‘lib, buyrak xastaligiga chalingan bemorlar hayotini asrashda bu usul muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda bu xizmat yo‘lga qo‘yilgan va zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirilyapti.

Uchrashuvda shuningdek, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ikki tomonlama shartnomalar imzolanishiga ham kelishib olindi.

Delegatsiya a’zolari “Aziya Treyd” farmatsevtika korxonasi va “Zominfarm” erkin iqtisodiy zonalariga tashrif buyurib, yurtimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar bilan bevosita tanishadilar.

Поделиться