O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimizda Hindistondagi xususiy klinikalar filiallari ochiladi

2018-10-02 | Sog‘liqni saqlash

Sir emas, aholimiz ayrim kasalliklarni davolash uchun va murakkab operatsiyalarga ehtiyoj sabab chet el klinikalariga murojaat qilishga majbur boʻlmoqda.

Xususan, maʼlumotlarga koʻra, har yili taxminan 25-30 mingga yaqin yurtdoshimiz Hindistonda davolanish uchun murojaat qiladi. Bu vaziyatni inobatga olgan holda mamlakatimizga hindistonlik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilayotgani yaxshi samara bermoqda.
 
Bu tashabbus mamlakatlarimiz oʻrtasida ham qoʻllab-quvvatlanib, investorlar manfaati toʻla kafolatgan.
 
Hindiston tibbiyoti taraqqiy etgan davlatlardan sanaladi. Bugun mamlakatda tibbiyot turizmi yaxshi rivojlangan. Har yili dunyoning turli davlatlaridan koʻplab insonlar dardiga davo topish ilinjida Hindistonga keladi. Malakali mutaxassislar ularni davolashning uddasidan chiqmoqda.
 
Hindistondagi “Medanta” klinikasi xorijda ham maʼlum va mashhur. Bu yerda travmatologiya, kardiologiya, onkologiya singari kasalliklar davolanadi. Klinikada yurak jarrohligi, turli aʼzolar transplantatsiyasi oʻtkaziladi. Bosh miya jarrohligida esa ilgʻor innovatsion usullar qoʻllaniladi. AQSH va Singapurda ham filialiga ega klinikaga har yili minglab bemor murojaat qiladi. Ular orasida yurtdoshlarimiz ham bor.
 
Mazkur klinikaning ilgʻor yutuqlari va yurtdoshlarimizning talab va ehtiyojini inobatga olgan holda uning Oʻzbekistonda filialini ochish rejalashtirilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, vazirlik va klinika rahbariyati oʻrtasida boʻlgan uchrashuvda bu haqda kelishib olindi.
 
Uchrashuvda “Medanta” klinikasi rahbari Naresh Trexan Oʻzbekistondagi filial Hindistondagidan qolishmagan holda eng zamonaviy tibbiy texnika vositalari bilan jihozlanishini, bu yerda malakali shifokorlar ishlashini alohida taʼkidladi.
 
Yangi loyihaga 15 million AQSH dollari miqdorida investetsiya jalb qilinishi koʻzda tutilgan.
 
Naresh Trexan fikricha, oʻzbekistonlik shifokorlar, xususan, jarrohlar, kardiologlarning bilimi va malakasi yuqori, lekin ularning zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish koʻnikmasini yanada oshirish zarur. Shu bois, filial ishga tushgan dastlabki oylarda mahalliy mutaxassislar hindistonlik hamkasblaridan bu borada oʻzaro tajriba almashadi.
 
Oʻzbekistonda mazkur klinikaning ochilishi hamyurtlarimizning uzoq yoʻl bosib Hindistonga borish mushkulidan ozod qiladi, oʻz navbatida, bu yerda qoʻshni davlat fuqarolari ham davolanish imkoniga ega boʻladi.
 
Oʻzbekiston – Hindiston hamkorligining yana bir samarasi “Pratiksha hospital Group” klinikasining yurtimizda faoliyat boshlashga qiziqish bildirayotganida namoyon boʻladi.
 
Mazkur loyihaga investorlarning 10 million dollardan ortiq mablagʻi sarflanishi kutilmoqda.
 
Mamlakatlarimiz oʻrtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichda yoʻlga qoʻyilishi va bu boradagi ishlar samaradorligining oshishi, avvalo, xalqimiz sogʻligʻini saqlashga, xalqlarimiz oʻrtasida doʻstona munosabatlar yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
 

 

Mohigul Qosimova, OʻzA

Поделиться