O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijonda qoʻshma klinika tashkil etiladi
2018-10-12 | Sog‘liqni saqlash
Hindistonning Sharda universiteti prezidenti, professor Pradip Kumar Gupta rahbarligidagi ushbu mamlakat mutaxassislari Andijon davlat tibbiyot institutida boʻldi.
Mehmonlar institut klinikasidagi davolash jarayoni, oʻquv-simulyatsion markaz faoliyati, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashuvda Hindiston tibbiyot tizimi, Sharda universiteti haqida maʼlumot berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.
Sharda universiteti Hindistondagi yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, ayni paytda bu yerda dunyoning 55 mamlakatidan 20 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.
F.Ubaydullayev, OʻzA