O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiya vazirligida sharq tabobati boʻyicha xitoylik olimlar bilan uchrashuv boʻldi

2018-10-08 | Sog‘liqni saqlash

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Yulbarsxon Mansurov Fudan universiteti professori Dong Jing-Cheng, Oʻzbek-Xitoy savdo uyushmasi Boshqaruv kengashi raisi Chang King xonim hamda mazkur uyushma maslahatchisi Qodir Yusupov bilan uchrashdi.

Samimiy va doʻstona oʻtgan davra suhbati natijasida tomonlar anʼanaviy xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot boʻyicha Xalqaro tibbiyot forumini tashkil etish istagini bildirdilar. Forumda xitoy va oʻzbek tabiblari, shuningdek Yevropa mamlakatlari, Hindiston, Koreya xalq tabobati yutuqlari hamda zamonaviy tibbiyotidagi eng soʻnggi tadqiqotlar muhokama qilinadi. Birinchi shunday forumni Oʻzbekistonda oʻtkazilishi kutilmoqda.

Yulbarsxon Mansurov, oʻz navbatida, sharq tabobatini targʻib qilish, uni keng yoyish bilan bir qatorda oʻzbek olimlari tomonidan kashf qilingan va endilikda tijoratlashtirilayotgan yangi tibbiy preparatlarni ishlab chiqarishda va uni bozorga chiqarishda hamkorlik qilish mumkinligini aytdi. Anʼanaviy va noanʼanaviy tibbiyotning nazariy va amaliy yutuqlarini birgalikda oʻrganish, ularni amaliyotga tatbiq etish va keng ommaga yoyish orqali aholi salomatligini oshirish masalalari hamisha dolzarb ekanligini taʼkidladi.

Mehmonlar oʻzbekistonlik mutaxassislarni Shanxayga, jumladan Shanxay universitetiga - taklif qilishdi. Shanxay universiteti dunyoning eng yetakchi universitetlaridan biri boʻlib, ular oliy taʼlim muassasalarining oʻz reytingini tashkil etishgan. Bu reytingning asosiy koʻrsatkichi - talabalarga dars beradigan Nobel mukofoti sovrindorlarining sonidir.

Поделиться