O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Viloyat Xotin-qizlar qo`mitasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikdagi konferensiya bo`lib o`tdi.
2018-09-18 | Jamiyat
Joriy yilning 15 sentyabr kuni Buxoro shahrida joylashgan Yoshlar markazida xotin-qizlar qo‘mitasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikdagi “Ajrimlar profilaktikasi, salbiy holatlarga moyillik – muammo hamda yechimida xalqaro va milliy tajriba” nomli konferensiya hamda “Oilaviy munosabatlar: ajrimlar, suitsidlar, muammolar va yechimlar” mavzusida psixologlar bilan hamkorlikdagi ilk seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Ibragimova, Viloyat prokurori o‘rinbosari D.Fayziev, mutaxassis psixologlar hamda viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Konferensiya “Chegarasiz hayot” video roligi namoyishi bilan boshlandi.
Shundan so‘ng, mavzu yuzasidan viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Ibragimova, Viloyat prokurori o‘rinbosari D.Fayzievning ma’ruzalari tinglandi. Seminar ochiq ruhda, savol-javob va turli mulohazalarga boy tarzda o‘tgani yig‘ilganlarda katta taassurotlar qoldirdi.