O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi
2018-10-11 | Fan
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qoʻllaniladigan qurilma yaratdilar.
Qurilma umumiy oʻq boʻylab harakatlana oladigan qilib ulangan ikkita tayanchdan tashkil topgan boʻlib, tishlar bilan taʼminlangan. Har bir tayanch uchi tashqi tomondan P-simon plastina bilan bikr ulangan, tayanchlardan biri rezbali sterjen koʻrinishida bajarilgan va fiksatsiyalovchi gayka bilan taʼminlangan, ikkinchi tayanch ichki oʻq boʻylab rezbali kovak silindr koʻrinishiga ega, bunda tishlar P-simon plastinalarning tashqi yuzasida bajarilgan, ichi boʻsh tayanchda esa oʻrnatish kaliti uchun kesik bajarilgan.
Mualliflar Shotursunov Shoxaydar, Kochkartayev Sanjar, Musayev Rustam, Korakulov Komil va Soliyev Suxroblarga ushbu qurilma uchun FAP 01321 sonli foydali model patenti berildi.