O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Biz OIV infeksiyasiga qarshimiz!
2018-07-30 | Sog‘liqni saqlash
Sirdaryo viloyatida “Biz OIV infeksiyasiga qarshimiz” shiori ostida viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, prokuratura, yoshlar ittifoqi va viloyat OITSga qarshi kurash markazi hamkorligida aksiya tashkil etildi.
Ushbu aksiya OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan bo‘lib, 2018yil 25 yanvarda qabul qilingan PQ-3493-sonli Prezident qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Aksiyada ishtirok etgan insonlarga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.
San’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari, Odam savdosi qurbonlari va OIV infeksiyasi asoratlarini ko‘rsatib beradigan teatrlashtirilgan sahnalar ishtirokchilarga taqdim etildi. Harbiy qism tomonidan “Vatan himoyasi” to‘g‘risidagi musiqali chiqishlar ishtirokchilar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.