O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiy taʼlim tizimi: oʻquv yili qisqardi, gumanitar fanlar ham, bilim berish sifatichi?

2018-10-09 | Sog‘liqni saqlash

Anjumanda qayd etilganidek, hozirda hududlardagi tibbiyot muassasalarini malakali shifokorlar bilan taʼminlashda davlat grantlari asosida bakalavriatura yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari boʻyicha qabul yoʻlga qoʻyilgani ham eʼtiborga loyiq. Chunonchi, 2017 yilda 1180 ta, joriy yilda 1548 ta kvota shakllantirildi.

Maqsadli tayyorlanayotgan kadrlar 3 yildan 10 yilgacha muddatda tegishli hududlarda ishlab berishadi. Bundan tashqari, nafaqaga chiqqan mutaxassislarimiz malakasini oshirib, ishga jalb etilishi, xorijdagi mutaxassislarimizning yurtimizga qaytib, faoliyat yuritayotgani, yuqorida aytib oʻtganimizdek, joriy yilda oʻquv yilining qisqarishi evaziga ikkita kursning oʻqishni tamomlashi kabi omillar ham sohadagi kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etishda qoʻl kelayotir.

– Ushbu chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Andijon, Sirdaryo viloyatlarida umumiy amaliyot shifokoriga boʻlgan ehtiyoj toʻliq qoplandi. Qolgan hududlarning ham bu boradagi ehtiyoji 2019 yil bitiruvchilari hisobidan qoplanadi. Birlamchi tibbiyot muassasalaridagi tor mutaxassislar yetishmovchiligi klinik ordinatura, magistratura, qisqa muddatli qayta tayyorlov kurslari bitiruvchilari hisobiga 2020 yilgacha toʻliq bartaraf etiladi, – dedi Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov.

Tibbiy oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ham vazirlik diqqat-markazida boʻlib kelayapti. Jumladan, 7 ta tibbiyot oliygohi obyektlariga 57,6 mlrd. soʻm, shuningdek, uchta tibbiyot oliygohlarining klinikalariga 35,0 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilib, qurilish-taʼmirlash ishlar jadallik bilan olib borilayapti.

Tibbiy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlik ham rivojlanmoqda. Keyingi yillarda respublikamizdagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlari 20 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Ushbu hamkorlik memorandumlari asosida hozirda birgina Janubiy Koreyaning tibbiyot universitetlarida 40 nafar oʻzbekistonlik talabalar tegishli taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olishmoqda.

Joriy oʻquv yilida Toshkent davlat stomatologiya institutida Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya universitetining “Stomatologiya” va Italiyaning Turin politexnika universitetining “Biotibbiyot muhandisligi” taʼlim yoʻnalishlari ochildi. 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Janubiy Koreyaning Indje universiteti Ilsan gospitali bilan “Travmatologiya va ortopediya” magistratura mutaxassisligi boʻyicha qoʻshma dastur asosida Toshkent pediatriya tibbiyot institutida magistrlarni tayyorlash haqida kelishuv imzolandi va taʼlim jarayonini boshlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu institutda “Pediatriya ishi” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma dastur asosida xalqaro fakultetda talabalarni tayyorlash yuzasidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan kelishuv imzolandi.

Talabalar bilan bir qatorda shifokorlarning malakasini oshirish borasida ham tizimli ishlar olib borilyapti. Joriy yilda shu yoʻnalishda besh yuz nafardan koʻproq yosh mutaxassislarning chet elda malaka oshirishi, 400 nafarga yaqin xorijlik mutaxassislar Oʻzbekistondagi tibbiyot muassasalarida mahorat darslarini tashkil etishi tibbiyotimiz oldida turgan dolzarb vazifalar yechimi yoʻlida muhim qadam boʻlmoqda.

Tibbiy oliy taʼlim muassasalarida malakali kadrlar tayyorlash barobarida sohaning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy izlanishlar ham olib borilmoqda. Soʻnggi yillarda 226 ta ixtiroga va foydali modellarga patentlar, 186ta EHM dasturi uchun guvohnomalar olingani ham sohada ilm-fanga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasidir.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar batafsil javob qaytardi.

Поделиться