O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sog'liqni saqlash
Sog‘liqni saqlash vazirligi haydovchilarni “Tez yordam”ga yo‘l berishga chaqiradi 08.10.2019Sog‘liqni saqlashHayot sinov va tasodiflardan xoli emas. Kutilmaganda ro‘y beradigan baxtsiz hodisalar, favqulodda holatlar yoki kasalliklar xuruj qilganda har qanday inson shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladi.Mamlakatimizda bu yo‘nalishda shakllangan zamonaviy tibbiy yordam tizimi xalqimizga tezkor va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim omil bo‘layotir. Keyingi yillarda ushbu tizimning moddiy-texnika bazasi takomillashayapti. |
Tibbiyot xodimiga tajovuz uchun javobgarlik kuchaytiriladi 07.10.2019Sog‘liqni saqlashBugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida uchrab turgan noxush holatlardan biri - bu bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi holatlari tez-tez uchrayotganidir. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-2019-yillar davomida 400 dan ortiq holatlarda tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilish, ularga tan jarohatlari yetkazish kabi noqonuniy harakatlar sodir etilgan.
|
04.10.2019Sog‘liqni saqlash Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 6-podstantsiyaning tez tibbiy yordam xodimi Jahongir Xo‘jayevning o‘ziga nisbatan bemor yaqinlari tomonidan tajovuz qilingani haqidagi murojaati e’lon qilingan edi. Unda tibbiyot xodimi bemorning qarindoshlari tomonidan haqoratlanib, unga jarohat yetkazilgani qayd etiladi. |
Erkaklar va ayollar salomatligi 04.10.2019Sog‘liqni saqlashToshkentda 3-oktabr kuni mazkur mavzuda I respublika kongressi ish boshladi. |
02.10.2019Sog‘liqni saqlash Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tibbiy onkologiya jamiyati Kongressida O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro miqyosdagi ushbu nufuzli tadbir dunyoning yuzdan oshiq davlatidan o‘ttiz ming nafardan ziyod taniqli onkolog olimlar, shifokorlarni bir davraga jamlagan. |
30.09.2019Sog‘liqni saqlash 27-sentabr kuni Ispaniyaning Barselona shahrida Yevropa xalqaro onkologiya kongressi o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Aytish joizki, Yevropa xalqaro onkologiya kongressi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro miqyosdagi nufuzli tadbirlardan biridir. Yevropa onkologlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda dunyoning yuzdan oshiq davlatidan 30 ming nafardan ziyod onkolog olimlar, shifokorlar qatnashmoqda. |
O‘zbekiston - Koreya: elektron sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik jadal rivojlanmoqda 27.09.2019Sog‘liqni saqlashPoytaxtimizda sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik tadbir - XII xalqaro ixtisoslashgan “UzMedExpo-2019” tibbiyot ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston - Koreya elektron sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda asosiy e’tibor yurtimizda elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga qaratildi. |
“UzMedExpo – 2019“: zamonaviy tibbiy uskunalar, innovatsion texnologiyalar namoyishi 26.09.2019Sog‘liqni saqlashPoytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz“ milliy koʻrgazmalar majmuida “UzMedExpo – 2019“ oʻn ikkinchi xalqaro ixtisoslashtirilgan tibbiyot koʻrgazmasi ochildi. |
Oʻzbekiston – Koreya: savdo-iqtisodiy, sogʻliqni saqlash sohalarida hamkorlik 26.09.2019IqtisodiyotKoreya Respublikasining savdo, sanoat va energetika vaziri oʻrinbosari Kim Yong Re va Koreya importchilari assotsiatsiyasi raisi Xong Kvang-xi boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi. |
Asossiz murojaatlar tibbiy xizmat sifatiga ta’sir etadi 19.09.2019Sog‘liqni saqlashMamlakatimizda shakllangan zamonaviy tibbiyot tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri - shoshilinch va “tez yordam” xizmatidan yiliga o‘n million nafardan ko‘proq aholi foydalanadi. Keyingi yillarda mazkur sohaning moddiy-texnika bazasi muttasil takomillashayotgani xalqimiz salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda. |
O‘zbekiston delegatsiyasi JSST Yevropa mintaqaviy qo‘mitasining 69-sessiyasida ishtirok etmoqda 17.09.2019Sog‘liqni saqlash16-sentabr kuni Daniyaning Kopengagen shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy qo‘mitasining 69-sessiyasi o‘z ishini boshladi. |
Xalqaro forum doirasida umumiy qiymati 92,7 million AQSh dollarilik 22 ta kelishuv imzolandi 16.09.2019Sog‘liqni saqlashJoriy yil 13-14-sentabr kunlari Namanganda tashkil etilgan xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumida ko‘plab manfaatli kelishuvlarga erishildi.
|
13-14 sentabr kunlari Namanganda xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi bo‘lib o‘tadi 13.09.2019Sog‘liqni saqlashJoriy yil 13-14-sentabr kunlari Namangan viloyatida “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlantirishda investitsiya va innovatsiyaning roli” mavzusida xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi o‘tkaziladi. |
Reabilitologiya sohasida erishilgan yutuqlar, muammolar va istiqbolli rejalar 11.09.2019Sog‘liqni saqlashPoytaxtimizda “Reabilitologiya: erishilgan yutuqlar, muammolar, istiqbollar – 2019” mavzuida birinchi milliy respublika konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda rossiyalik mutaxassislar koʻmagida tashkil qilindi. |
Endilikda tibbiyot tizimida 59 ta kollej hamda 16 ta texnikum faoliyat olib boradi 10.09.2019Ta’limSo‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sifatini yaxshilash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, xalqaro standartlarni yurtimiz ta’lim tizimiga joriy etish hamda innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, 2019 yil 6 sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “ Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmon ham ayni shu maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. |
2020-yil 1-yanvardan dorixonalarda videokameralar o‘rnatiladi 10.09.2019Sog‘liqni saqlashInson salomatligini muhofazalashda zamonaviy tibbiy yordam bilan bir qatorda, aholi va tibbiyot muassasalarini sifatli dori-darmon bilan ta’minlash muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda o‘n ikki yarim mingga yaqin dorixonalar aholiga bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu dorixonalarning qariyb yigirma foizi ijtimoiy dorixonalardir.
|
Shifoxonalarda elektron retsept berish tizimi joriy etiladi 10.09.2019Sog‘liqni saqlashPrezidentimizning shu yil 6-sentabrda “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, yurtimizda 2021-yil 1-martdan Elektron retsept berish tizimi mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar Toshkent shahridagi barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarida tashkil etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, 2022-yil 1-martdan boshlab esa ushbu tizim mamlakatimizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi. |
10.09.2019Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni |