O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog'liqni saqlash

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktori Xans Klyuge xorijga birinchi rasmiy tashrifini O‘zbekistondan boshlamoqda

10.02.2020Sog‘liqni saqlash

Joriy yil 1-fevraldan o‘z vazifasiga kirishgan JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge birinchi xorijga rasmiy tashrifini O‘zbekistondan boshlamoqda. Bu esa yurtimizda tibbiyot yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlarning yana bir e’tirofi bo‘ldi. Xans Klyugening bugun yurtimizga kelishi kutilmoqda.

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi bilan uchrashuv

10.02.2020Fan

2020-yil 10-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi o’rtasida uchrashuv tashkil qilindi. Institut direktori, akademik T.Aripova Immunologiya va inson genomikasi institutining farmatsevtika sohasi bo'yicha takliflari va istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berdi.

Kasalliklarning mintaqaviy klinik holatini tahlil qilish dasturi yaratildi

07.02.2020Sog‘liqni saqlash

Respublika maxsus komissiyasining majlisi to‘g‘risida axborot

04.02.2020Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 29 yanvardagi farmoyishiga asosan koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tuzilgan edi.

XTV tizimida OʻRI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olish uchun tushuntirish ishlari olib boriladi

04.02.2020Jamiyat

Yangi koronavirus kasalligining tarqalishi munosabati bilan Xalq taʼlimi vazirligi tizimida OʻRI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi.

Yurtimizga koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish choralari yanada kuchaytiriladi

03.02.2020Sog‘liqni saqlash

Ayni paytda dunyoda koronavirus infektsiyasini xududlarga tarqalishi, undan kasallanish va vafot etayotganlar ko‘rsatkichi jihatidan jiddiy bosqichga ko‘tarilmoqda. Xabaringiz bor, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan Xitoyda yangi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi xalqaro darajadagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilindi.

Diabetga qarshi vosita yaratildi

03.02.2020Sog‘liqni saqlash

Qandli diabet - insulin gormonining to‘liq yoki qisman yetishmovchiligi natijasida giperglikemiya - qondagi glyukoza miqdorining davomli ortib borishi bilan kechuvchi, organizmdagi moddalar almashinuv jarayonlari (uglevod, yog‘, oqsil, mineral va suv-tuz almashinuvi)ning buzilishi va qaytmas organik patologiyalar keltirib chiqaruvchi surunkali kasallik sifatida tavsiflanadi.

Mamlakatimizda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga mutlaqo zid

03.02.2020Sog‘liqni saqlash

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligida mamlakatimiz hududiga koronavirus infektsiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus shtab faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, mazkur Agentlikda tashkil etilgan “Ishonch telefonlari” orqali Xitoydan kelayotgan fuqarolar, tahsil olayotgan talabalar, ularning ota-onalari, tadbirkor va boshqa soha xodimlariga tegishli tushuntirish va kerakli tavsiyalar ham berib borilmoqda.

Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

31.01.2020Jamiyat

2020-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Elchisi Baxtiyor Saidovning Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xitoyga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

30.01.2020Jamiyat

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bergan ma’lumotga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati ko‘rayotgan qat’iy choralarga qaramasdan koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Virusni yuqtirganlar soni 6 mingdan ko‘proqni tashkil qilib, kasallikdan vafot etganlar soni esa 130 nafardan oshdi. Bundan tashqari kasalga chalinganlar qator boshqa davlatlarda ham aniqlandi.

“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida

29.01.2020Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolarimizga Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, xorijga vaqtinchalik chiqmaslikni tavsiya qilmoqda

28.01.2020Sog‘liqni saqlash

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 80 nafardan, kasallanganlar soni esa 2400 nafardan oshgan. Xubey provintsiyasi va uning ma’muriy markazi Uxan shahrida zararlanishning eng ko‘p holati qayd etilgan.

Xitoyda vaqtincha yoki doimiy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga eslatma

28.01.2020Jamiyat