O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog'liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamisha faol harakatda bo‘lishni tavsiya qilmoqda

29.04.2019Sog‘liqni saqlash

Joriy yil 27 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab navbatdagi sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, poytaximiz markazidagi “Mehrjon” hiyobonida 5 kilometr masofaga faol yurish va muassasalararo sport musobaqalari, jumladan, arqonda sakrash, shaxmat, shashka, voleybol, stol tennisi, badminton, to‘siqlardan o‘tish estafetasi o‘tkazildi.

Yo‘l transport hodisasi natijasida jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

29.04.2019Jamiyat

2019 yil 29 aprel kuni soat 02:00 larda O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6 km da Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan d/r 01 366 SVA “Mersedes” rusumli avtobusining baloni yorilib ketishi natijasida, boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilib yonboshlagan va avtobus yonishni boshlagan, yo‘lovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Navoiyda Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma tibbiy texnologik parki ochilishi muhokama qilindi

26.04.2019Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida 25 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vaziri akademik Ibrohim Abdurahmonov va Xitoy Fanlar akademiyasining Shanxay farmakologiya instituti rahbari professor Jingshan Shen oʻrtasida Ahdlashuv bayonnomasi imzolandi.

O‘zbekistonda 2021-yildan majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

26.04.2019Sog‘liqni saqlash

Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan mamlakatimizda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni isloh qilish mavzusida oliy darajadagi siyosiy muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonda Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot institutining filiallari ochiladi

25.04.2019Sog‘liqni saqlash

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Radiologiya tibbiy tadqiqot milliy markazi bosh direktori, P.A. Gertsen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik Andrey Kaprin boshchiligidagi onkolog shifokorlardan iborat delegatsiya malakatimizda bo‘lishdi. Ular yurtimizdagi Respublika ixtisoslashgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning Toshkent shahridagi filiali faoliyati bilan tanishdilar.

Koʻz jarrohligiga oid seminar oʻtkazildi

24.04.2019Sog‘liqni saqlash

Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiya markazida koʻzning old qismi rekonstruksiyaviy jarrohligi va koʻz gavhariga oid murakkab operatsiyalarga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar oftalmologlarning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Jambil viloyatida halokatga uchragan har bir bemor sog‘lig‘i alohida nazoratga olindi

23.04.2019Sog‘liqni saqlash

Shu yilning 20-aprel kuni tonggi soat 05:09 da Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumanidagi “Chimkent- Olma-ota” trassasining 181 kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l - transport hodisasi ro‘y bergan edi. 49 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusda 11 nafar kishi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning 3 nafari hamyurtlarimiz bo‘lib, 13 nafari turli darajada jarohatlangan.

Koreyalik malakali shifokorlar tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda

18.04.2019Sog‘liqni saqlash

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan Koreya Respublikasining malakali shifokorlari ishtirokida tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi.

“Sogʻliqni saqlash – TIHE 2019” xalqaro koʻrgazmasi yakunlandi

18.04.2019Sog‘liqni saqlash

"Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Sogʻliqni saqlash – TIHE 2019” Toshkent 24-xalqaro koʻrgazmasi yakunlandi.

Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy shеriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

18.04.2019Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Poytaxtimizda “Inson va salomatlik” VI respublika kongressi boshlandi

17.04.2019Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ham yurtimizdagi tibbiyot muassasalarida eng mukammal va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilayotir. Bu borada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan dasturlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.

2019 yilda 110 million AQSh dollariga teng investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

17.04.2019Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash sohasida birinchi Xalqaro investitsiyaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

15.04.2019Sog‘liqni saqlash

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Qasim-Jomart Toqaev muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegasiyalar a'zolari ishtirok etdi.

Bolalar Germaniyada davolanadi

15.04.2019Sog‘liqni saqlash

Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida tugʻma, kuyishdan keyingi va boshqa nuqsonlari boʻlgan bolalar germaniyalik mutaxassislar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.