O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Asossiz murojaatlar tibbiy xizmat sifatiga ta’sir etadi

2019-09-19 | Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizda shakllangan zamonaviy tibbiyot tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri - shoshilinch va “tez yordam” xizmatidan yiliga o‘n million nafardan ko‘proq aholi foydalanadi. Keyingi yillarda mazkur sohaning moddiy-texnika bazasi muttasil takomillashayotgani xalqimiz salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

2017 - 2019-yillarda tibbiyotning boshqa yo‘nalishlari kabi tez tibbiy yordam xizmati infratuzilmasini ham yanada yaxshilash, sohaning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish, tibbiyot amaliyotiga jahon ilm-fanining eng ilg‘or uslublarini tatbiq etishga yo‘naltirilgan muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Natijada “tez yordam”ning avtomashinalar parki tubdan yangilandi. Bugungi kunda har o‘n uch ming nafar aholiga bitta “tez yordam” mashinasi to‘g‘ri keladi. Bu xalqaro standartlarga to‘la mosdir. Qolaversa, “tez yordam”ni dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash so‘nggi uch yil ichida 5,2 barobarga ko‘paydi, chaqiriqlarni qabul qilish, uzatish va ularni muntazam nazorat qilish markazi (Sall-markaz) faoliyati takomillashtirildi.

Biroq, davlat darajasida amalga oshirilayotgan shunday muhim chora-tadbirlarga qaramay, hali-hamon “tez yordam”ga nisbatan aholida e’tirozlar uchrab turibdi. Bunga tez tibbiy yordam xizmatida kechikishlarning mavjudligi ham sabab bo‘lmoqda. Darhaqiqat, tez tibbiy yordam xizmatida vaqt eng qadrli mezon hisoblanib, har bir daqiqa bemor hayotini asrashda muhim o‘rin tutadi.

— Tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, “tez yordam” mashinalari kechikishi sabablarining biri asossiz chaqiriqlardir, — deydi Shoshilinch va tez tibbiy yordam masalalari bo‘yicha mahalliy koordinator Obidjon Dilmurodov . — Bugungi kunda “tez yordam”ga tushayotgan murojaatlarning o‘ttiz foizdan ko‘prog‘ini ana shunday asossiz chaqiriqlar tashkil etadi. Xo‘sh, bu murojaatchilar kimlar, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bularning aksariyati surunkali kasalligi bor bemorlardir. Poytaxtimizdagi “tez yordam” xizmatiga ularning ba’zilari yiliga 500 martadan hatto 1000 martagacha murojaat qiladi.

— Shuni alohida ta’kidlash joizki, surunkali kasalliklarni davolash “tez yordam” shifokorlarining vazifasi emas, — deydi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi bosh shifokor o‘rinbosari Ilhom Aslonov . — “Tez yordam” shifokori kasallikning hayot uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan belgilarini bartaraf etadi, xolos. Bu bemorga vaqtincha yengillik beradi. Bemor darddan to‘la xalos bo‘lishi uchun umumiy amaliyot shifokori nazoratida turib yoki shifoxonada yotib davolanishi kerak.

Surunkali kasalliklarda shifokor tavsiyasi asosida muolajalar uzluksiz tarzda olib borilsa bemor albatta shifo topadi, “tez yordam”ga qayta-qayta murojaat qilishga ehtiyoj qolmaydi. Ammo, ko‘pchilik shifokorlarning bunday tavsiyalariga rioya etish o‘rniga arzimagan holatlar uchun ham “tez yordam”ni chaqirishga odatlanib qolishgan. Holbuki, “tez yordam”ning har bir chaqiriq joyiga borishi davlatga kattagina xarajatga tushadi.

Eng achinarlisi, ana shunday asossiz chaqiriqlar tufayli “tez yordam” xizmatida tig‘izlik yuzaga keladi. Natijada shoshilinch tibbiy yordamga haqiqatan muhtoj bo‘lgan bemorlarga o‘z vaqtida yetib borish imkoniyati cheklanmoqda.

Shu o‘rinda shuni aytmoqchi edikki, har bir inson avvalo o‘zi, qolaversa yaqinlari sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi lozim. Buning uchun qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalarda kasalliklarning oldini olish borasida davlatimiz tomonidan yaratib berilgan zamonaviy tibbiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish lozim.

Belgilangan mudatlarda tibbiy profilaktika ko‘riklaridan o‘tib, shifokor tavsiyalariga rioya etgan insonning sog‘lig‘i mustahkam bo‘ladi. O‘zini ham, o‘zgalarni ham ortiqcha ovora qilmaydi. Ayniqsa, el sog‘lig‘i deb kecha-yu kunduz tinim bilmaydigan “tez yordam” xodimlarining asossiz vaqtini olmaydi.

Поделиться