O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiyot xodimiga tajovuz uchun javobgarlik kuchaytiriladi

2019-10-07 | Sog‘liqni saqlash

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida uchrab turgan noxush holatlardan biri - bu bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi holatlari tez-tez uchrayotganidir. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-2019-yillar davomida 400 dan ortiq holatlarda tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilish, ularga tan jarohatlari yetkazish kabi noqonuniy harakatlar sodir etilgan.

 

Bugungi kundagi haqiqiy holat esa bundan ham ayanchli ahvolga kelib qolgan. Vaziyat shu darajaga borib yetdiki, tibbiyotmuassasalarida, ayniqsa, shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida bu kabi holatlar kunda-kunora uchrab turmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, amaldagi jinoyat qonunchiligida xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz qilish, ularga bu jarayonda tan jarohati yetkazish uchun javobgarlik choralari nisbatan yengil hisoblanadi. Buning oqibatida ayrim paytlarda tibbiyot xodimlarining sog‘lig‘iga tiklab bo‘lmaydigan darajada jarohat yetkazgan aybdor shaxslar ham amalda hech qanday jazo o‘tamasdan qolib ketmoqda. Ko‘rib turganingizdek, bunday illatlarning oldini olishda eng samarali yo‘l - bu kabi noqonuniy xatti-harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishdir.

Shundan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘magida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Turli vazirlik va idoralar bilan kelishishning o‘ta murakkab jarayoni uzoq va mashaqqatli mehnat talab etgan bo‘lsa-da, bu jarayon yakunlanib, joriy yilning 4-oktyabr kuni qonun loyihasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan bunday tajovuzlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosini qo‘llash mumkin bo‘ladi. O‘ylaymizki, bu hozirda qariyb har kuni sodir bo‘ladigan hodisaga aylanib ulgurgan tajovuzlarning oldini olishda katta profilaktik ta’sir kuchga ega bo‘ladi.

Zero, shifokor hech qachon bemorga yomon bo‘lishini istab harakat qilmaydi, u hamisha insonga yaxshilik qilishga intiladi, ko‘makka muhtoj bemorga shifo baxsh etish, favqulodda holatlarda inson hayoti va salomatligini asrash uchun bor kuch-salohiyatini baxsh etadi.

Shu bois, bunday fidoyi kasb sohiblariga, ularning halol mehnatiga nisbatan adolatsizlik va nohaqliklarning oldini olish, ular samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoit yaratish davlat va jamiyat zimmasidagi muhim vazifadir. Qonunchiligimizga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartirishlar ana shunday dolzarb vazifalar yechimi yo‘lida muhim qadam bo‘ladi, degan umiddamiz.

Поделиться