O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro forum doirasida umumiy qiymati 92,7 million AQSh dollarilik 22 ta kelishuv imzolandi

2019-09-16 | Sog‘liqni saqlash

Joriy yil 13-14-sentabr kunlari Namanganda tashkil etilgan xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumida ko‘plab manfaatli kelishuvlarga erishildi.

 

Jumladan, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Avstriya, Isroil, Misr, Pokiston, Slovakiya va Ukraina kompaniyalari bilan umumiy qiymati 92,7 million AQSh dollarilik 22 ta kelishuv imzolandi.

Jumladan, “Kosonsoy farm” EIZda faoliyat yurituvchi “Spring farmatsevtik” MChJ hamda Misrning Pharco pharmaceuticals corporation kompaniyasi hamkorligida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million hamda Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Avstriyaning AME International GmbH kompaniyasi o‘rtasida viloyat kardiologiya markazini jihozlash uchun 10 million AQSh dollari, “Merrimed Farm” MChJ bilan Germaniyaning Textima Export Import kompaniyasi o‘rtasida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etish yuzasidan 30 million yevro miqdoridagi kelishuvlarga erishilgan.

Shu bilan birga, forum doirasida mahalliy va xorijlik malakali mutaxassislar hamkorligida yuqori texnologiyaga asoslangan 40 ga yaqin murakkab operatsiyalar, jumladan, viloyat tarixida birinchi marta buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Forum doirasida erishilgan kelishuvlar hamda amalga oshirilgan yuqori texnologiyali amaliyotlar soha rivojida muhim o‘rin tutishi barobarida, aholi salomatligini himoyalashda ulkan ahamiyat kasb etadi.

Поделиться