O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya

Auditorning malaka sertifikatini olish to‘g‘risida kelib tushgan arizalar va hujjatlar imtihon markaziga topshirildi

12.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5210-sonli qaroriga muvofiq 2021-yil 15-avgustdan boshlab Moliya vazirligining auditorlik malaka sertifikatini olish uchun imtihonlarini o‘tkazish, malaka sertifikatini berish hamda malakasini oshirish dasturini tasdiqlash funksiyalari auditorlarning respublika jamoat birlashmalariga o‘tkazilishi belgilangan.

O‘zbekiston va Turkiya markaziy banklari hamkorlik qiladi

10.08.2021IqtisodiyotManba: O'zA

Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

AQSH G‘aznachiligining maslahatchilari bilan uchrashuv

10.08.2021SiyosatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) G‘aznachiligining budjet va moliyaviy hisobdorlik bo‘yicha maslahatchilari Treysi Xenderson va Seta Vandegriftlar ishtirokidagi delegasiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tashrif buyurdi hamda ushbu tashrif doirasida AQSh G‘aznachiligi tomonidan ko‘rsatilayotgan texnik ko‘mak doirasida amalga oshirilayotgan loyiha holati, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli yo‘nalishlar hamda moliyaviy ta'sirni tahlil qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sarvarbek Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi

28.07.2021SiyosatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining №145 – ls son buyrug‘iga asosan Axmedov Sarvarbek Shixnazarovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.

“S&P” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reyting kutilmasini “salbiy”dan “barqaror”ga oshirdi

05.06.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

“S&P” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston reyting bahosi “BB-” darajasida saqlab qolindi va reyting kutilmasi “salbiy”dan “barqaror”ga oshirildi.

“Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom yuzasidan sharh

08.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Moliya vazirining buyrug‘i (Adliya vazirligida 2021-yil 7-maydagi 3299-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi) qabul qilindi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati

01.05.2021TexnologiyalarManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 29-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Olimjon Umarov raisligida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimining funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi (keyingi o'rinlarda – Yagona ijtimoiy reyestr). 

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

23.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy vise-prezidenti Anna Byerde xonim boshchiligida Jahon banki vakillari bilan Jahon banki guruhining “Bahor uchrashuvlari” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan seminar-trening

17.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 13-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072 sonli Qarori qabul qilindi.

“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

09.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi
Joriy yilning 4-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi va seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi vakillari, sug‘urta kompaniyalari, soha ekspertlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev: Ipoteka krediti bo‘yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik bo‘lmaydi

03.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-mart kuni uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidenti BAA delegasiyasini qabul qildi

03.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yangi Qonunning mazmun mohiyati ilmiy jamoatchilikka havola etildi

02.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Xalqaro prinsiplar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-677-son Qonunining maqsadi va mazmun mohiyati bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Moliya vazirligi hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda 2021-yil 1-mart kuni Toshkent moliya institutining rahbar xodimlari, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, xalqaro auditorlik tashkilotlari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari

23.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Szin Lisyun o‘rtasida videokonferensiya shaklida qo‘shma loyihalarning bugungi holati, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga kiritilish masalasini muhokama qilishga bag‘ishlangan videokonferensiya

20.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 18-fevral kuni Jahon iqtisodiy forumi vakillarining Moliya vazirining o‘rinbosari – Odilbek Isakov bilan O‘zbekiston Respublikasining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga kiritilish masalasini muhokama qilishga bag‘ishlangan videokonferensiyasi tashkil etildi.

Davlat byudjetini boshqarishda byudjetlararo munosabatlarni isloh qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma'lumot

19.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustidagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan “2020 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi”ga muvofiq byudjetlararo munosabatlarni isloh qilish, mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim etish qoidalar asosida ularni ajratishning shaffof mexanizmini joriy etish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.

BMTTD vakillari bilan "O'zbekiston Respublikasida Tashabbusli budjetlashtirish jarayonining istiqbollari" mavzusida seminar

16.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 16-fevralida Moliya vazirligida BMT Taraqqiyot dasturi va Moliya vazirligining qo'shma loyihasi doirasida tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasida tashabbusli budjetlashtirishni amalga oshirish va rivojlantirish istiqbollariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Sberbank delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

10.02.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Joriy yilning 10-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos Rossiyaning Sberbank delegatsiyasining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda

08.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi budjet tashkilotlarida ishlovchi хodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo‘yicha ham uzluksiz faoliyatini davom ettirgan holda to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jahon bankining taraqqiyot siyosati va hamkorlik aloqalari bo'yicha boshqaruvchi direktori bilan onlayn uchrashuv

05.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 4-fevral kuni Jahon bankining taraqqiyot siyosati va hamkorlik aloqalari bo'yicha boshqaruvchi direktori Mari Pangestu (http://bit.ly/2MWOE24) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Kuchkarov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jayev, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.