O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom yuzasidan sharh

2021-05-08 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Moliya vazirining buyrug‘i (Adliya vazirligida 2021-yil 7-maydagi 3299-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi) qabul qilindi.

Mazkur buyruq bilan “Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlangan bo‘lib, bunga ko‘ra barcha darajadagi byudjet mablag‘lari taqsimlovchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi belgilanmoqda.
 
Jumladan, Nizom bilan: 
 
byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida ochiq ma'lumotlarning mazmuni va joylashtirish muddatlari;
 
rasmiy veb-saytlarga joylashtirib boriladigan ma'lumotlarning shakllari;
 
byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida ochiq ma'lumotlarni joylashtirish tartiblari belgilandi.
 
Bundan tashqari, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan soliq va bojxona imtiyozlari ro‘yxatini, shuningdek tadbirkorlik sub'ektlariga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlarni;
 
davlat organlari tomonidan ularning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining daromadi va xarajatlari ham endilikda ushbu Nizom bilan tasdiqlangan tartib bo‘yicha har chorak yakunlariga ko‘ra o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borishlari lozimligi belgilab qo‘yildi.
 
Bu esa, davlat organlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari shakllanish yo‘nalishlari va ushbu mablag‘larni qanday maqsadlarda sarflanayotganligi bo‘yicha ma'lumotlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda e'lon qilinishini ta'minlaydi.
 
Shu bilan birga, Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarining xarajatlari ijrosi, byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumi, xarajatlari hamda davlat xaridlari yuzasidan ma'lumotlarni tizimlashtirilgan holda tuman (shahar)lar kesimida joylashtirib borishi;
 
davlat qarzining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar "Ochiq byudjet" axborot portaliga joylashtirib borishi belgilandi.
 
Eslatib o‘tish joizki, qonunchilikga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlarga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan boshlab byudjet ochiqligi bo‘yicha ma'lumotlarni rasmiy veb-saytlariga joylashtirilmaganligi byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibini buzish deb hisoblanishi hamda tegishli tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться