O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sarvarbek Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi
2021-07-28 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining №145 – ls son buyrug‘iga asosan Axmedov Sarvarbek Shixnazarovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.
Sarvarbek Axmedov 1985-yilda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005 yilda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetini (bakalavr), 2008-yilda Manchester Universitetini (Buyuk Britaniya), 2019-yilda Milliy tadqiqot Universitetining Iqtisodiyot oliy maktabini (Rossiya) tamomlagan.
Sarvarbek Axmedov o‘z mehnat faoliyatini 2008 yilda “Goldman Sachs International” (London) valyuta operatsiyalari departamenti xodimi sifatida boshlagan.
2011-2014-yillarda “Goldman Sachs International” (London) valyuta va boshqa moliyaviy derivativlar operatsiyalari departamentida yetakchi xodim, 2014-2016-yillarda moliyaviy derivativlar operatsiyalari departamenti bo‘lim boshlig‘i, vise-prezident lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2016-2019 yillarda “Goldman Sachs Bank” MChJda (Moskva) moliyaviy instrumentlar va g‘aznachilik operatsiyalari departamenti vise-prezidenti bo‘lgan.
2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i, Moliya vazirligi G‘aznachilik boshlig‘i o'rinbosari va 1- o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi