O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sberbank delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021-02-10 | Texnologiyalar
Joriy yilning 10-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos Rossiyaning Sberbank delegatsiyasining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar informatsion texnologiyalar ekotizimini turli usullar asosida rivojlantirish, inson resurslari xizmatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, hodimlarni rivojlantirish uchun IT yechimlarni hamda motivatsiya tizimlarini yaratish, o‘qitish, baholash kabi masalalar muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi