O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan seminar-trening

2021-04-17 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 13-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072 sonli Qarori qabul qilindi.

Ma'lumot uchun: Mazkur hujjatga ko‘ra, fuqarolarni byudjet jarayoniga yanada jalb qilish maqsadida, joriy yildan boshlab har bir hududda bittadan tuman yoki shaharda byudjetlari tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib joriy etilmoqda. 2022-yildan boshlab esa ushbu tartib barcha tuman va shaharlarga tadbiq etilishi rejalashtirilgan.
 
Ushbu maqsadlarda joriy yilda istisno tariqasida tuman (shahar)lar byudjetlariga respublika byudjetidan qo‘shimcha ravishda 92,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan bo‘lsa, kelgusi yildan boshlab esa mazkur mablag‘lar tegishli tuman (shahar)lar byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilishi belgilanmoqda.
 
 
Ushbu qarorning mazmun-mohiyatini joylarda tegishli tuman moliya bo‘limlari xodimlariga yetkazish maqsadida Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD), Moliya vazirligi huzuridagi byudjet-soliq tadqiqotlari instituti hamda Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi mutaxassislari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
 
Seminar orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari, qaror bilan belgilangan yangi tartiblar tushintirib o‘tildi.
 
Tadbir savol-javob shaklida videokonferensiya formatida tashkil etilib, unda hududiy moliya bo‘linmalari xodimlari Qaror bilan tatbiq etilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma'lumotga ega bo‘lishdi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться