O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari

2021-02-23 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Szin Lisyun o‘rtasida videokonferensiya shaklida qo‘shma loyihalarning bugungi holati, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida OIIB rahbariyati Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik sheriklardan biri sifatida O‘zbekiston bilan munosabatlar yuqori darajada ekanini qayd etib, uni izchil kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
 
Muzokaralar chog‘ida joriy yilning yanvar' oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston delegasiyalaridan iborat uch tomonlama ishchi guruhining yig‘ilishida OIIB tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Mozori Sharif – Kobul – Peshavor” trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Mintaqa hududida o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va mustahkamlash OIIB missiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi va shu sababli Bank rahbariyati ushbu loyihani muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarish doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikka alohida e'tibor qaratishi ta'kidlandi.
 
Muzokaralar chog‘ida umumiy qiymati 930 mln dollardan ko‘proq bo‘lgan amaldagi va ishlab chiqilayotgan loyihalarni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Buxoro viloyatida suv ta'minoti va kanalizasiya tizimlarini qurish va modernizasiya qilish loyihasini amalga oshirish bosqichiga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur loyihaning joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatining 1,1 milliondan ortiq aholisi ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi va 100 mingga yaqin kishi markazlashgan kanalizasiya tizimiga ulanadi.
 
Infratuzilmaviy qurilish, sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalarda umumiy qiymati 2,1 mlrd dollarlik yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda eksport qiluvchi tadbirkorlar hamda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholi bandligini oshirish va kasanachilikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus va dasturlarni moliyalashtirish uchun Bankdan qo‘shimcha mablag‘ jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
 
Muzokaralar natijasida tomonlar amaldagi loyihalarning ijrosini jadallashtirish va birgalikda ishlab chiqish bosqichida bo‘lgan loyihalarni kelishish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться