O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati

2021-05-01 | Texnologiyalar

Joriy yilning 29-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Olimjon Umarov raisligida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimining funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi (keyingi o'rinlarda – Yagona ijtimoiy reyestr). 

Uchrashuvda 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etib, Yagona ijtimoiy reyestrni ishlab chiqish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek ushbu tizimni takomillashtirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar muhokama qilindi.

Yig'ilish Yagona ijtimoiy reyestrni joriy etish bo'yicha bajarilgan ishlarning natijalarini ko'rib chiqish bilan boshlandi. Yagona ijtimoiy reyestr O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi va Jahon banki bilan birgalikda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tartibini soddalashtirish va shaffofligini ta'minlash, shuningdek ko'rsatilayotgan davlat ijtimoiy xizmatlari sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqildi.

Yagona ijtimoiy reyestr – bu idoralararo elektron hamkorlikni qo'llagan holda davlat ijtimoiy xizmatlarini ko'rsatish va aholiga ijtimoiy yordam berish axborot tizimi. Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to'lash jarayonlarini avtomatlashtirish inson omilini bartaraf etish va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash jarayonida korrupsion holatlarni kamaytirish, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash bo’yicha qaror qabul qilishda subyektivligni bartaraf etish va davlat ijtimoiy yordamini taqdim etishning shaffof tizimini yaratish imkonini berdi. Yagona ijtimoiy reyestr  tajriba loyihasi doirasida  2019-yilning oktyabr oyidan boshlab Sirdaryo viloyatida ishga tushirildi. Tajriba loyihasining muvafaqiyatli natijalaridan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgust kuni Yagona ijtimoiy reyestrni respublikaning barcha hududlarida joriy etishni nazarda tutuvchi PQ–4797-sonli qaror qabul qilindi. Кoronavirus pandemiyasiga qaramasdan, 2020 yil oxiriga qadar Yagona ijtimoiy reyestr respublikaning barcha hududlarida muvaffaqiyatli joriy etildi.

Bugungi kunda Yagona ijtimoiy reyestr orqali ijtimoiy nafaqalar tayinlashda oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki va bandligi to'g'risidagi ma’lumotlar elektron ko’rinishda idoralaro axborot tizimi orqali olinadi va qonun hujjatlarida belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda oilaning kam ta’minlanganligini aniqlaydi, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlaydi yoki ijtimoiy nafaqalar tayinlashni rad etаdi hamda natijasi bo’yicha avtomatik ravishda ariza beruvchini xabardor qiladi.

Shu bilan birga, 2020-yilda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida mamlakat rahbari

tomonidan 2021-yilning boshiga ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar sonini 2 baravar ko'paytirib, 1,2 million oilagacha yetkazish to'g'risida farmoni qabul qildi. Yagona ijtimoiy reyestr qisqa vaqt ichida kam ta’minlangan oilalarni aniqlashga imkon berdi va ularga ijtimoiy nafaqalarni manzilli ravishda yetkazib berish imkoniyatini yaratdi. Ko'rilgan chora-tadbirlar eng muhtoj oilalarni davlat ijtimoiy yordami bilan qamrab olish imkonini berdi. Misol uchun, Qoraqalpog'iston Respublikasida har to'rtinchi oila ijtimoiy nafaqa olmoqda, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida har beshinchi oila ijtimoiy nafaqa olmoqda. Taqdim etilgan davlat ijtimoiy yordami muhtoj oilalarning, birinchi navbatda, bolali oilalarning moddiy ahvolini yaxshilashga yordam berdi.

Shuningdek, nafaqa tayinlash va ariza berishda tanlov mezonlarida muhim o'zgarishlarni qayd etish lozim. Yagona ijtimoiy reyestrning bir qator vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvi natijasida ariza berish jarayonida taqdim etish uchun talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Misol uchun, endilikda oila a’zolarining daromadlari, doimiy yashash uchun ro'yxatdan o’tganlik, oila tarkibi to’g’risidagi va mehnat organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnomalar talab qilinmaydi.

Yagona ijtimoiy reyestrni joriy etish va erishilgan natijalarmuhokamasini yakunlangandan so’ng, ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 5-martdagi 122-son qaroriga muvofiq kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlarini yangilash borasida olib borilayotgan ishlarni muhokamasiga o’tdilar. Jumladan, aprel oyidan boshlab nafaqalar tayinlashda quyidagi mezonlar joriy etiladi:

yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, o‘zini o‘zi band qilgan, yoki chorva mollari va parrandalari mavjud bo‘lgan fuqarolarga қўлланилаdigan normativ daromadlar;

qiymati mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining besh baravaridan ortiq bo'lgan qimmatli qog'ozlarning mavjudligi;

oila a’zolarining depozit hisobvaraqlarida mablag'lar miqdori mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining besh baravaridan ortiqligi.

Yig’ilishda vazirlik va idoralarning ishtirok etgan vakillari ushbu bosqichda Yagona ijtimoiy reyestr 11 ta vazirlik va idoralarning (Davlat soliq qo'mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kadastr agentligi, Pensiya jamg'armasi va boshqalar) elektron ma’lumotlar bazalari bilan axborot almashinuvi yo'lga qo'yilganini ta’kidlab o'tdilar.

4 ta vazirlik va idoralarning elektron ma’umotlar bazalari Yagona ijtimoiy reyestr bilan integratsiyalashish jarayonida ekanligini ma’lum qilishdi, bu esa yana 30 turdagi axborot almashinuvini yo'lga qo'yish imkonini beradi. Qolgan 8 ta vazirlik va idora ma’lumotlar bazalari bilan qo'shimcha 19 turdagi axborot almashinuvini yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qilindi.

Yig'ilish davomida ko'tarilgan so'nggi masala Yagona ijtimoiy reyestrning funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirishga bag’ishlandi. Ishtirokchilar Yagona ijtimoiy reyestr orqali uch turdagi ijtimoiy nafaqani tayinlash va to'lash davlat ijtimoiy yordamini raqamlashtirishning dastlabki bosqichi ekanligini qayd etdilar. Kelgusida ushbu tizim orqali davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo’yicha boshqa turldagi ijtimoiy yordam va xizmatlarni avtomatlashtirish va Yagona ijtimoiy reyestrni davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko'rsatishning yagona tizimiga aylantirish rejalashtirilgan. Xususan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalarning ro'yxati Yagona ijtimoiy reyestrda yuritiladi. Bundan tashqari, 30 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmatlarni elektron shaklda ko'rsatish imkonini yaratadi.

Yig'ilish yakunida, ishtirokchilar o’z elektron ma’lumotlar bazalarini to'liqligini ta’minlashga, Yagona ijtimoiy reyestrini yanadatakomillashtirish, shuningdek Yagona ijtimoiy reyestr bilan axborot almashishni kengaytirishga doir keyingi qadamlar to'g'risida kelishib oldilar.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться