O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSH G‘aznachiligining maslahatchilari bilan uchrashuv

2021-08-10 | Siyosat

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) G‘aznachiligining budjet va moliyaviy hisobdorlik bo‘yicha maslahatchilari Treysi Xenderson va Seta Vandegriftlar ishtirokidagi delegasiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tashrif buyurdi hamda ushbu tashrif doirasida AQSh G‘aznachiligi tomonidan ko‘rsatilayotgan texnik ko‘mak doirasida amalga oshirilayotgan loyiha holati, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli yo‘nalishlar hamda moliyaviy ta'sirni tahlil qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari A. Xaydarov, vazirlikning Davlat budjeti hamda Xalqaro moliyaviy munosabatlar departamentining mas'ul xodimlari ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida A. Xaydarov tomonidan texnik ko‘mak loyihasining amaldagi holati to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi va AQShning mazkur texnik ko‘magidan O‘zbekiston tomoni juda mamnunligi hamda uning o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi bildirildi.

Shuningdek, AQSh G‘aznachiligi vakillari tomonidan ushbu tashrif doirasida tegishli vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi, dasturiy byudjetlashtirish bo‘yicha mas'ul xodimlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan alohida seminarlar tashkil qilinishi rejalashtirilganligi ma'lum qilindi.

Uchrashuv yakunida, texnik ko‘mak loyihasi doirasida keyingi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar, hamda joriy yil avgust oyining ohirigacha AQSh G‘aznachiligining Bosh maslahatchisi Sheyla Bekett hamda monitoring va baholash bo‘yicha maslahatchisi Djenifer Li Fokslarning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ko‘tariladigan masalalar muhokama qilindi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться