O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Turkiya markaziy banklari hamkorlik qiladi
2021-08-10 | Iqtisodiyot
Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Turkiya Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi. Memorandum ikki markaziy bank faoliyatidagi o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Memorandum qo‘shma texnik maslahatlar, treninglar, seminarlar, ekspertlar tashriflari va tadqiqot faoliyati orqali Markaziy bank xodimlarining bilim va tajribalarini oshirishga xizmat qiladi.
Manba: O'zA