O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat byudjetini boshqarishda byudjetlararo munosabatlarni isloh qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma'lumot

2021-02-19 | Iqtisodiyot

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustidagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan “2020 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi”ga muvofiq byudjetlararo munosabatlarni isloh qilish, mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim etish qoidalar asosida ularni ajratishning shaffof mexanizmini joriy etish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.

Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magi doirasida Moliya vazirligi tomonidan Davlat moliyasini boshqarishning yanada oqilona va samarali tizimini ta'minlash maqsadida byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida ulardan har birining xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarini aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, byudjetlararo transfertlar miqdorini hisoblash va ajratishning yagona va shaffof uslubiyatini joriy etish bo‘yicha chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 
Ushbu yo‘nalishda islohotlarni amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligining mas'ul xodimlari, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan jalb qilingan xalqaro ekspert Andrey Timofeev va mahalliy konsultant Shuxrat Usmonov bilan birgalikda Toshkent viloyati mahalliy byudjetiga biriktirilgan daromad va xarajatlarni tahlil qilish va mavjud muammolarni o‘rganish ishlari tashkil etildi.
 
Jumladan, joriy yilning 18-fevral kuni Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasida Moliya vazirligi mutaxassislari va mahalliy konsultant Shuxrat Usmonov ishtirokida viloyatning tuman va shahar moliya bo‘limlari mutaxassislari bilan seminar o‘tkazildi.
 
Seminar davomida so‘ngi yillarda mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan islohotlar, erishilayotgan natijalar, 2020-yilda joriy etilgan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarni hisoblash metodologiyasidagi mavjud muammolar muhokama qilindi.
 
Mahalliy byudjetlarni tahlil qilish va mavjud muammolarni o‘rganish ishlari Sirdaryo va Namangan viloyatlarida davom ettirilishi belgilangan. O‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha xalqaro ekspert Andrey Timofeevning tavsiyalari asosida:
 
Davlat byudjeti xarajatlarini byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida taqsimotini aniq belgilash;
 
daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
 
byudjetlararo transfertlar miqdorini hisoblash va ajratishning yagona va shaffof uslubiyati joriy etish nazarda tutilmoqda.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться