O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Siyosat
Ta’lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda 08.10.2017SiyosatPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. |
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoati zonalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi 08.10.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. |
Do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash yo‘lida 07.10.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 2017-yil 5-6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi. |
O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarining bugungi darajasidan xalqlarimiz mamnun 06.10.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 5-oktabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. |
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida 05.10.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. |
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hujjatlar imzolandi 05.10.2017SiyosatOliy darajadagi O‘zbekiston – Qirg‘iziston muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. |
O‘zbekiston – Qirg‘iziston muzokaralari davom etmoqda 05.10.2017SiyosatKo‘ksaroyda kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar boshlandi. |
Uzundara qal’asida amalga oshirgan joriy yilgi tadqiqot ishlari yakunlari hisoboti e’lon qilindi 05.10.2017JamiyatTermiz arxeologiya muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti va Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti olimlarining Surxondaryo viloyatidagi Uzundara qal’asida amalga oshirgan joriy yilgi tadqiqot ishlari yakunlariga bag‘ishlangan hisobot tadbiri hamda “Uzundara – Baqtriya qo‘riqchisi”, deb nomlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. |
Almazbek Atamboyev Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi 05.10.2017SiyosatMamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. |
Qirg‘iziston Prezidenti Toshkentga keldi 05.10.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 5-oktabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot 05.10.2017Siyosat2017-yil 4-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishida Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 04.10.2017HujjatlarO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori |
04.10.2017Siyosat Bugun ish boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ko‘rib chiqildi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. |
Buyuk Britaniya Parlamenti hampartiyaviy guruhi raisining o‘rinbosari bilan uchrashuv 04.10.2017Siyosat2017-yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasi a’zosi, “Britaniya-O‘zbekiston” Parlament hampartiyaviy guruhi raisining o‘rinbosari, lord Iltaf Shayxni qabul qildi. Mehmon Toshkentga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekistonning tashqi siyosati Harakatlar strategiyasi doirasida” xalqaro “davra suhbati”da ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. |
Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining rektori bilan uchrashuv 04.10.2017Siyosat2017-yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov yurtimizga tashrif bilan kelgan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universitet) rektori, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi hay’atining a’zosi, akademik Anatoliy Torkunovni qabul qildi. |
Qirg‘iziston Prezidenti 5-6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi 04.10.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 2017-yil 5-6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. |
Inson huquqlari bo‘yicha ochiq muloqot 04.10.2017Siyosat«Taraqqiyot strategiyasi» markazida 3-oktabr kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A.Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
Turizmni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi 03.10.2017SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. |
YTTB delegatsiyasi bilan uchrashuv 03.10.2017Siyosat2017-yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. |
03.10.2017Siyosat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga maktub yo‘lladi. Mazkur maktubda “Las-Vegas shahrida ko‘plab insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan tinch aholi ommaviy o‘qqa tutilishi haqidagi ayanchli xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi” deyilgan. |