O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Meksika Prezidentiga hamdardlik maktubi

22.09.2017Siyosat

“Meksikadagi talofatli zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi” – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Enrike Penya Nyetoga yo‘llagan maktubida.

IHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

22.09.2017Siyosat

2017-yilning 21-sentabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT bosh qarorgohida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amerikalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

19.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuvda Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, «Jeneral Elektrik» kompaniyasi prezidenti Ron Polett, «Xanivell» kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Rajiv Gautam, «SiEnEych Indastrial» kompaniyasi vitse-prezidenti Stiven Naderni, «Dir end Kompani» kompaniyasi prezidenti Jeyms Fild ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktorini qabul qildi

19.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi. 

O‘zbekiston Prezidenti Amerika Qo‘shma Shtatlariga keldi

19.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 18-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi. 

O‘zbekiston Prezidentining Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifiga doir

18.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 18-20-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyuradi va BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

18.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. 

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga jo‘nab ketdi

17.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 17-sentabr kuni Turkmanistonga jo‘nab ketdi. 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

17.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Yaqin qardoshlik va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikning yangi bosqichi

16.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16-sentabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 

Qozog‘istonda O‘zbekiston, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkaziladi

16.09.2017Siyosat

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqotlari so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi. 

Tarixiy hujjatlar imzolandi

16.09.2017Siyosat

Ko‘ksaroydagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligining turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi. 

Muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi

16.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev muloqotni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. 

Qozog‘iston Prezidenti Toshkentga keldi

16.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16-sentabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 

Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv

15.09.2017Siyosat

2017-yil 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bangladesh Elchisi bilan uchrashuv

15.09.2017Siyosat

2017 yilning 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Masud Mannanni qabul qildi.

Ispaniya elchisi bilan uchrashuv

15.09.2017Siyosat

2017-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ispaniya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ignasio Ibanyes Rubioni qabul qildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi

14.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017-yil 17-sentabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi hamda Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. 

Germaniya Elchisi bilan uchrashuv

14.09.2017Siyosat

2017-yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizda o‘z diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Naythart Hofer-Vissingni qabul qildi.

Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifiga doir

13.09.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017-yil 16-17-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.