O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senatorlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

2017-10-04 | Siyosat

Bugun ish boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ko‘rib chiqildi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Mazkur qonun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga sentyabr oyida amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani hayotga tabiq etish maqsadida ishlab chiqilgan. 

Senat yalpi majlisida bu tarixiy hujjatning ratifikatsiya qilingani o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining o‘zaro aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

 

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться