O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
2017-10-04 | Hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
1. Quyidagilar:
Akrom Jo‘raqulovich Utayev muddatsiz davrga
Voxid Mamataliyevich Nazarov muddatsiz davrga
Gulnora Anvarovna Mirzayeva besh yil muddatga
Ibragim Isakovich Tadjiyev o‘n yil muddatga
Lukmon Muxtarovich Kadirov muddatsiz davrga
Nishanmurod Muxtarovich Mirzaalimov o‘n yil muddatga
Umidaxon Adxamovna Imomova o‘n yil muddatga
Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyev o‘n yil muddatga
Xamra Jaxangirovich Berdiklichev o‘n yil muddatga
Xurshid Iskandarovich Qosimov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2017-yil 4-oktabr