O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston – Qirg‘iziston muzokaralari davom etmoqda
2017-10-05 | Siyosat
Ko‘ksaroyda kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirmoqda.
Muzokarada O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.