O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Almazbek Atamboyev Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi

2017-10-05 | Siyosat

Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. 

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Qirg‘iziston Prezidenti ushbu muazzam maydon O‘zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini alohida ta’kidladi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston barcha sohalarda ulkan yangilanishlar yo‘lidan bormoqda. Mustaqillik maydoni me’moriy yechimi, teran ma’no-mazmuni bilan ana shu taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ifoda etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maydon markazida qad rostlagan Mustaqillik va ezgulik monumenti O‘zbekiston tanlagan yo‘l – Mustaqillik yo‘lini targ‘ib qilishda, o‘zbek xalqining bunyodkorlik salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega, dedi Almazbek Atamboyev. 

Поделиться