O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
YTTB delegatsiyasi bilan uchrashuv
2017-10-03 | Siyosat
2017-yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibi shakllanishini nihoyasiga yetkazish istiqbollari hamda bankning Toshkent shahrida Vakolatxonasini ochilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
YTTBning O‘zbekiston bo‘yicha 5 yillik Strategiyasi loyihasi ustidagi ishning borishi, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumi va “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: strategik istiqbollar va tadbiq etilmagan imkoniyatlar” konferensiyasida bankning ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi.