O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining rektori bilan uchrashuv
2017-10-04 | Siyosat
2017-yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov yurtimizga tashrif bilan kelgan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universitet) rektori, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi hay’atining a’zosi, akademik Anatoliy Torkunovni qabul qildi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiyaning o‘z yo‘nalishlarida yetakchi oliy o‘quv yurtlari hisoblangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida hamkorlik holati va chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.