O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya Parlamenti hampartiyaviy guruhi raisining o‘rinbosari bilan uchrashuv

2017-10-04 | Siyosat

2017-yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasi a’zosi, “Britaniya-O‘zbekiston” Parlament hampartiyaviy guruhi raisining o‘rinbosari, lord Iltaf Shayxni qabul qildi. Mehmon Toshkentga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekistonning tashqi siyosati Harakatlar strategiyasi doirasida” xalqaro “davra suhbati”da ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

Tashqi ishlar vazirligidagi suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalarini yanada rivojlantirish va unga yangi dinamika berish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, parlamentlararo muloqot ikki tomonlama munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashda rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Muzokaralar chog‘ida hamkorlikdagi bo‘lajak tadbirlar, jumladan London shahrida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться