O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston Prezidenti 5-6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi
2017-10-04 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 2017-yil 5-6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
O‘zbekiston Prezidentining 5-6-sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar.
Davlat rahbarlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyuradilar.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishi kutilmoqda.
Tashrif doirasida turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.