O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hujjatlar imzolandi
2017-10-05 | Siyosat
Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qirg‘iziston muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiyani imzoladilar.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 10 dan ortiq hujjat imzolandi.