O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
2018-05-04 | Siyosat
2018-yilning 4-may kuni “Terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada (Dushanbe, 2018-yil 3-4-may kunlari) ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Davlat tashqi ishlar vaziri Mobasher Javed Akbar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining amaliy jihatlari, jumladan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Muzokaralarda 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlikning muayyan mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv chog‘ida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tadbirda Hindiston tomoni birinchi marta tashkilotning to‘liq a’zosi sifatida ishtirok etadi.