O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Xitoy elchisi bilan uchrashuv

19.04.2018Siyosat

2018-yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jiang Yan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Filippin elchisi bilan uchrashuv

19.04.2018Siyosat

2018-yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Filippin Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) etib tayinlangan Vilfredo S.Santosni qabul qildi.

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumi majlisida ishtirok etdi

19.04.2018Siyosat

2018-yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumining Yuqori mansabdor shaxslari majlisida ishtirok etdi.

Prezident Buxoroga tashrif buyurdi

19.04.2018Siyosat

Davlatimiz rahbari Qorako‘l tumanida barpo etilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etadi. 

Prezident Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi

19.04.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

18.04.2018SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Dushanbedagi majlisida ishtirok etdi

18.04.2018Siyosat

2018-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘zinbosari Abdujabar Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 23-majlisida ishtirok etdi.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

18.04.2018Siyosat

2018-yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva bilan uchrashdi.

Muvofiqlashtirish qo‘mitasi majlisi

17.04.2018MDH

17-aprel kuni Toshkent shahrida MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Toshkent shahar hokimi hududda yo‘l qo‘yilayotgan ko‘zbo‘yamachilik, puxta o‘ylanmay qilinayotgan ishlar haqida gapirdi

17.04.2018Siyosat

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish yakunlari Toshkent shahar hokimligida muhokama qilinmoqda. 

OAV majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya tarkibiga kiritiladi

17.04.2018Siyosat

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida mamlakatimizda majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalari faol hamkorlikka chaqirildi. 

Xorazm viloyati hokimi ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanilmagani uchun tanqid qilindi

17.04.2018Siyosat

Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgani, shuningdek, viloyatda ishsizlikning oldini olishga e’tibor qaratilayotgani haqida gapirdi.

Xalq ta’limi vaziri: Majburiy mehnatni vatanparvarlik deb bilganmiz

17.04.2018Siyosat

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish doirasida Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov so‘zga chiqdi. 

Zamon o‘zgardi, yondashuv o‘zgardi

17.04.2018Siyosat

Vazirlar Mahkamasida o‘tayotgan yig‘ilishda Bosh vazir ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb etish – davlatimiz rahbarining siyosatiga xiyonat, deya baholadi. 

Bu boradagi ishlar qayta takrorlanmasligiga so‘z beramiz

17.04.2018Siyosat

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.