O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev yangi haydovchilik guvohnomasini berish tizimini yuqori baholadi
2018-05-03 | Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lganida haydovchilik guvohnomasi berish jarayonini bevosita kuzatdi. Ma’lumki, yurtimizda haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilmoqda. Bu guvohnomalarga ID maqom berilgan. Ya’ni, ularga mikrochip o‘rnatilgan bo‘lib, shaxsning pasport ma’lumotlari kiritiladi. Pasport bo‘lmaganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga o‘tadi.
Davlatimiz rahbari haydovchilik guvohnomasi almashtirish tizimini yuqori baholadi.