O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2018-05-04 | Siyosat

2018-yilning 4-may kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jan-Kristof Belliar bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qilish doirasida ikki tomonlama hamkorlikning jadal ko‘rinishi mamnuniyat bilan qayd etildi. So‘nggi olti oy davomida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi Vitse-prezidenti Federika Mogerinining mamlakatimizga ikki marta tashrif buyurdi va O‘zbekiston rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

2018-yilning yanvar-fevral oylarida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan umumiy savdo aylanmasi 2017-yilning shu davriga nisbatan 12% oshib, 375 million yevrodan ko‘proqni tashkil etdi.

“O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi barcha qo‘shma organlar majlislari tizimli ravishda o‘tkazilmoqda, sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi Bitimni yangilash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy muammolarning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbatda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian ishtirok etdi.

Поделиться