O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2018-05-04 | Siyosat
2018-yilning 4-may kuni Tojikistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Xalil Karzay bilan uchrashdi.
O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport- kommunikatsiya va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga asosiy e’tibor qaratdi.
Suhbat davomida 2018-yilning 26-27-mart kunlari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferentsiya yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida hamkorlik qilish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.