O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2018-05-04 | Siyosat
2018-yilning 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Piter Siyarto bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston-Vengriya hamkorligining turli yo‘nalishlardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, biznes munosabatlarini va ilmiy-madaniy almashinuvlarni faollashtirish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdan tomonlar birdek manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Vazirlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdilar.